Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O'zXDP partiyasidan 3-Usmon Yusupov saylov okrugidan saylangan deputat Mirsoat Mirsodiqov tomonidan Xo'ja MFYdagi Ko'p qavatli uylarda amalga oshirilayotgan energiya samaradorligini oshirish loyihasi ijrosi o'rganildi.
🏛 Mazkur ishlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-martdagi PQ–100-son qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-maydagi 300-son qarori asosida 2025–2026-yillarda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida olib borilmoqda.
⚡️ Loyiha doirasida Chinoz tumanidagi 20 ta to'rt qavatli ko'p xonadonli uy:
🧱 fasad qismini bazalt materiallari bilan qoplash;
🏠 tom qismini zamonaviy issiqlik izolyatsiyasi bilan ta'mirlash;
☀️ quyosh panellari va ♨️ issiqlik nasoslarini o'rnatish;
🔧 ichki muhandislik tarmoqlarini yangilash;
🌱 energiya tejamkor uskunalarni joriy etish orqali issiqlik energiyasi bilan barqaror ta'minlash rejalashtirilgan.
💰 Mazkur loyihalarni amalga oshirish uchun jami 77,1 milliard so'm mablag' ajratilgan.
🏢 Buyurtmachi tashkilot — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi davlat muassasasi tomonidan xorijiy ekspertlar va konsalting kompaniyalari ishtirokida loyiha ishlab chiqilib, tender savdolari natijasida pudratchilar belgilangan.
👩💼 Deputat Mirsoat Mirsodiqov amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda fuqarolar uchun yaratilayotgan sharoitlarni deputatlik nazorati asosida o'rganib, mas'ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.