35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Aholi murojaati e’tiborda: Mahalladagi yoritish tizimi muammolari o‘rganildi

Aholi murojaati e’tiborda: Mahalladagi yoritish tizimi muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bektemir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Kariev "Gulbog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni joyida o‘rgandi.

O‘rganish davomida aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan hamda tunda yonmay, fuqarolarga noqulaylik tug‘dirayotgan ko‘cha chiroqlari va yoritish ustunlari (stolbalar) ko‘zdan kechirildi. Mas’ul xodim tomonidan hududdagi nosoz yoritish nuqtalari aniqlanib, ularni qisqa muddatlarda ta’mirlash va qayta tiklash yuzasidan tegishli soha mutasaddilariga murojaat yuborish choralari ko‘rildi.

Mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun xavfsiz hamda qulay muhit yaratish borasidagi bu kabi o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 1