35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#yoshlar_maslahat_guruhi 🗣“Shifokor” mahallasida yoshlar muammolari va huquqiy masalalari o‘rganildi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi huzuridagi “Yoshlar maslahat” guruhi a’zosi A.G‘affarov “Shifokor” mahallasida bo‘lib, hududda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi hamda ularning muammo va takliflarini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq va samimiy suhbat olib borilib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan ijtimoiy-huquqiy muammolariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, ta’lim olish, kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.
Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha ko‘rib chiqilib, har bir masalaga imkon qadar individual yondashildi. Aniqlangan muammolar yuzasidan amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlar o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini bilishi, mavjud huquqiy mexanizmlardan to‘g‘ri foydalanishi, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda muammolarini qonuniy asosda hal etish bo‘yicha zarur tushuntirishlarga ega bo‘ldilar.
Muloqot davomida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy masalalarini hal etishda mahalla va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan bevosita va manzilli ishlash, ularning real ehtiyojlarini o‘rganish, huquqiy savodxonligini oshirish hamda mavjud muammolarni joyida aniqlab, qonuniy yechim topishga xizmat qiladi.
Yoshlarning muammosini tinglash — unga yechim topish sari qo‘yilgan muhim qadam. Yoshlar manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan bunday amaliy muloqotlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 1