35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

O‘rganish

Deputat nazoratida: “Harakat” mahallasida o‘rganish olib borildi

♻️Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 20-okrugi deputati F.Zokirov "Harakat" mahallasida mahalla faollari bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida ko‘chama-ko‘cha o‘rgandi.

♻️O‘rganish davomida mahalladagi obodonlashtirish, ichki yo‘llarining holati, ko‘chalarning tungi yoritilishi, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish, shuningdek, aholi bandligini ta’minlash masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

♻️Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

✅ Hudud infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan mazkur masalalar deputatning doimiy nazoratida.  

Slide 1 of 4