Bugun, 2026-yil 25-iyul kuni Taxiatosh tumani hokimligining katta majlislar zalida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Sessiya kun tartibida tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor bo‘lgan muhim masalalar ko‘rib chiqildi va qizg‘in muhokama qilindi. Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan xalq deputatlari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.