Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyat mudiri F.Xolmuratova hamda deputat Nodir Dusmurodov tomonidan tumandagi «Navro‘z» tez tibbiy yordam shoxobchasi binosining rekonstruksiya qilish jarayonlari o‘rganildi.
Ma’lumki, mazkur obyekt PQ-393-sonli qaror asosida tumandagi bir qator ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish hamda qo‘shimcha binolar qurish bo‘yicha shakllantirilgan dasturga kiritilgan.
O‘rganish davomida mavjud 50 qatnovli tez tibbiy yordam shoxobchasi binosini 1-tip oilaviy poliklinika (OP) talablariga moslashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, tibbiyot xodimlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan obyektning mavjud holati, amalga oshirilishi rejalashtirilgan rekonstruksiya ishlari hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.