Konstitutsiya — mahalliy Kengashlar vakolatlarining huquqiy asosi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjetni tasdiqlash va uning ijrosini nazorat qilish, hokim faoliyati yuzasidan hisobotlarni eshitish hamda qonunchilikda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
✅Mazkur vakolatlar hududlarni rivojlantirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta'minlash hamda fuqarolar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.