35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-12-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.

Manzilli dastur va tuman hokimligi tashabbusi bilan “Yangi shahar” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarga tutash bo‘lgan hududlar obodonlashtirildi.
Xususan 11 ta ko‘p qavatli uylar joriy ta’mirlandi. Ko‘p qavatli uylar yonidan o‘tuvchi 1 km masofadagi ichki yo‘llar asfalt yotqizilib ravon yo‘lga aylantirildi. 1 km masofaga ichimlik suvi quvurlari tortilib, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. Shu bilan birga, hududdagi mavjud hojatxonalar o‘rnida zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan yangi hojatxona qurilishi amalga oshirildi.
Muhtaram Prezidentimiz tomonidan mahallalarning infratuzilmasini yaxshilash va obod maskanga aylantirish borasida olib borayotgan islohatlar zamirida xalqimizni rozi qilishdek oliy maqsad mujassamdir.

Slide 1 of 3