35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rganish uchun ishchi guruhlar tuzilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan 2026-yil 2-chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlar tahlili, tumandagi korxona va tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash ahvoli Xalq qabulxonasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarni chuqur o‘rganish maqsadida ishchi guruh tuzildi.

Mazkur ishchi guruhlar tarkibiga davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, ilmiy muassasalar mutaxassislari, soha ekspertlari hamda olimlar jalb etilishi belgilandi.

Ishchi guruhlar tomonidan:
🔹 murojaatlarni ko‘rib chiqish sifati;
🔹 takroriy va jamoaviy murojaatlar sabablari;
🔹 tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash tizimi;
🔹 fuqarolar muammolarining joyida o‘rganilishi holati atroflicha tahlil qilinadi.

Slide 1 of 3