35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Namunaviy doimiy komissiya qarorlari

Doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish va namunaviy doimiy komissiya qarorlari bo’yicha o’rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Bo’zatov tumani Kengashi kotibiyat mutaqassislari tomonidan Kengashga davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot va axborotlarni doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqish, sessiyaga kiritish va doimiy komissiya tartibiga oid namunaviy qarorlari yuzasidan o’rganish ishlari olib borildi.
Mazkur jarayonda Korrupsiyaga qarshi kurashish, ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi, ekspert guruhi va a’zolari bilan atroflicha fikr almashilib, hujjatlarni ko‘rib chiqishning amaliy jihatlari va tartiblari muhokama etildi.
Ushbu tushuntirishlar doimiy komissiyalar faoliyatini yanada samarali tashkil etish, qarorlar qabul qilishda asosli yondashuvni ta’minlash hamda Kengash ishining ochiqligi va shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3