✔️Uchrashuv davomida fuqarolarga Prezidentimizning pensiya va ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan tegishli farmon va qarorlari mazmun-mohiyati, pensiya toʻlovlari miqdorining oshirilishi hamda mazkur oʻzgarishlarni amaliyotga tatbiq etish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
❗️Shuningdek, pensiya tayinlash, qayta hisoblash, ijtimoiy toʻlovlar hamda fuqarolarni qiziqtirgan boshqa masalalar boʻyicha murojaatlar tinglanib, ularga amaldagi qonunchilik asosida huquqiy tavsiyalar berildi.
📌Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy xabardorligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xabardor qilishga xizmat qilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!