35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi qarorida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlari va jamoat xavfsizligi holati tanqidiy muhokama qilindi.
#muhim_qaror
#kengash_qarori_qabul_qilindi

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining navbatdagi qarorida hududda huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlari va jamoat xavfsizligi holati tanqidiy muhokama qilindi.

Hisobotda 2026-yilning o‘tgan 6 oyida shaharda 104 ta jinoyat qayd etilib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish kuzatilgani, ayniqsa oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar salmog‘i yuqoriligicha qolayotgani qayd etildi.

Qaror bilan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktika ishlarini tubdan kuchaytirish hamda mahallalar kesimida nazoratni keskin oshirish yuzasidan mas’ullarga qat’iy vazifalar yuklatildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash