35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati, 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot tomonidan hududda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini o‘rganish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida ko‘chama-ko‘cha yurib, aylanma daftar asosida fuqarolarning murojaatlari va muammolari o‘rganilib, ularni tegishli tartibda hal etish choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Har bir murojaatning ortida inson taqdiri va uning hayotiy muammosi turganini inobatga olgan holda, fuqarolar bilan samimiy muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Bunday amaliy ishlar mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish, aholi muammolarini manzilli hal qilish va fuqarolarning murojaatlariga e’tibor va mas’uliyat bilan yondashishga xizmat qilmoqda

Slide 1 of 4