35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputatlar hamkorligi – samarali natijalar sari

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputatlarining hududdagi tashkilot, muassasa va korxonalar bilan tizimli hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadida ularni tegishli sohalarga biriktirish ishlari amalga oshirilmoqda.

📌 Deputat D. Jabborova quyidagi tashkilotlar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi:

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani bo‘limi;

🔹 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi Pastdarg‘om tuman filiali.

Mazkur hamkorlik orqali kadastr sohasidagi dolzarb masalalarni o‘rganish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, davlat xizmatlari sifatini oshirish hamda sohaga oid qonunchilik ijrosi ustidan deputatlik nazoratini samarali tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Xalq bilan muloqot, ochiqlik va hamkorlik – hudud taraqqiyotining muhim omilidir. 🇺🇿