35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Chodak hududida mahalla yettiligi va nuroniylar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻ.Murodxoʻjayev Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining №O‘RQ-445, 11.09.2017 qabul qilingan qonun ijrosini taʻminlash maqsadida Chodak hududidagi Istiqlol, Guliston, Maydon, Shayxon, Yuqori Chodakboshi va Chodakboshi mahallalar yettiligi hamda hudud nuroniylari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda hududda obodonlashtirish va tozalik ishlarini tizimli tashkil etish, mahallalar qiyofasini yaxshilash hamda bu borada keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar faolligini oshirishda keksa avlod vakillarining tajribasidan foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Slide 1 of 5