35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Жаңалықлар

Nayman mahallasida aniqlangan kamchiliklar tezkor bartaraf etildi

#Deputatlik_nazorati #muammo_va_yechim

Nayman mahallasida aniqlangan kamchiliklar tezkor bartaraf etildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna tashabbusi bilan Nayman mahallasidagi 4-uy va 11A-uy oldi hududlarida tozalik ishlari talab darajasida emasligi aniqlangan edi.

📈 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan hududdagi mas'ul boshqaruv servis kompaniyasiga tegishli ko'rsatmalar berildi.

🕯 Mas'ul xodimlar tomonidan hudud tozalanib, begona o'tlar olib tashlandi hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Natijada hudud obodonlashtirilib, toza va tartibli holatga keltirildi.

✅ Obod va ozoda mahalla — barchamizning umumiy mas'uliyatimiz.

Slide 1 of 5