Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Prezident qarori ijrosi: 63-son maktabda yangi o‘quv binosi qurilishi deputatlar nazoratida

Mazkur bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatov qurilish maydoniga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, qurilish sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
Ma'lumot uchun: loyiha qiymati 4 milliard 766 million so‘mni tashkil etadi. Hozirda qurilish ishlari tasdiqlangan loyiha va reja-grafik asosida sifatli hamda belgilangan muddatlarda amalga oshirilmoqda.
Yangi o‘quv binosining foydalanishga topshirilishi maktabning o‘quv quvvatini oshirish, o‘quvchilarga zamonaviy va qulay ta’lim sharoitlarini yaratish hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4