Unda mahalla yettiligi vakillari, faol fuqarolar, mahalla oqsoqollari hamda hudud jamoatchiligi ishtirok etib, deputatning hisobot davridagi faoliyati, saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv davomida deputat tomonidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar asosida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.
Xususan, shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida belgilangan loyihalarning ijrosi, hududda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda saylov okrugida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.
Muloqot jarayonida deputat o‘z faoliyatida asosiy e’tiborni aholi bilan doimiy aloqani ta’minlash, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimiga ko‘maklashishga qaratayotganini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olinib deputatning koʻcha aylanish daftariga qayd etildi.
Mazkur uchrashuv deputatlik faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, saylovchilar bilan mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda hududdagi mavjud masalalarni hamjihatlikda hal etishga xizmat qiladi.