Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 27-SESSIYASIDA TUMAN DAVLAT SOLIQ INSPEKSIYASI HISOBOTI KO‘RIB CHIQILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 27-sessiyasida Parkent tuman Davlat soliq inspeksiyasining 2026-yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti
ko‘rib chiqildi.Hisobotda tumanda soliq qonunchiligi ijrosini ta’minlash, mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish va tushumlarni oshirish, soliq qarzdorligini qisqartirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda soliq ma’murchiligini raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.Shuningdek, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan axborot taqdim etildi.Mazkur masala yuzasidan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Yergashboyev Baxtiyor Rustamovich tomonidan doimiy komissiyaning xulosasi sessiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirildi hamda muhokama qilindi.Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan mahalliy budjet daromadlarini oshirish, soliq bazasini kengaytirish, soliq qarzdorligini kamaytirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish samaradorligini kuchaytirish, tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashni yanada takomillashtirish hamda soliq tushumlarini ko‘paytirish yuzasidan savollar berilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar inobatga olinib, mazkur masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
  

Slide 1 of 3