Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

24 tavsiya ijrosi amalda

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Avazbek Appaqov “Hududgaz Andijon” Andijon shahar gaz ta’minoti bo‘limiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida aholi tomonidan tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va ijobiy hal etish, gaz ballonlarini belgilangan reja-grafik asosida o‘z vaqtida yetkazib berish, shuningdek, ishchi-xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha tizimli ishlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Deputatlik nazorati — xalq manfaatlarini ta’minlashning muhim omili.

Slide 1 of 4