Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

#24_ta_masala Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan sessiya oldidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida 2024-yil 18-maydagi 292-son qaror asosida mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda "Mahalla yettiligi" faoliyatini samarali tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspeksiyasi vakili faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholashda mahalla raisining ishtirokini ta’minlash bo‘yicha belgilangan vazifalar muhokama qilindi.

Slide 1 of 3