⚖️ Mahalla tizimidagi yangilanishlar: Qonun ustuvorligi va ijtimoiy ko‘mak
⚖️ Mahalla tizimidagi yangilanishlar: Qonun ustuvorligi va ijtimoiy ko‘mak
Kengash kotibiyat mudiri G‘.Uzoqov hamda mutaxassislar J.Ergashev va O.Nosirov ishtirokida “Sanam” MFYda mahalla xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Tashrif doirasida mas’ullar tomonidan sohaga oid muhim yangilik — «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan qisqa tushuntirish ishlari olib borildi.
Suhbat davomida yangi kiritilgan o‘zgartishlar mahallaning jamiyatdagi rolini oshirish, xotin-qizlar va ijtimoiy xodimlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish hamda aholi muammolarini manzilli hal etishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Maqsad — qonuniy asoslarni mustahkamlagan holda, har bir xonadon holidan xabar olish va ijtimoiy ko‘mak tizimini yanada shaffof va samarali qilishdir. #Qonunchilik #IjtimoiyKo‘mak #MahallaTizimi