Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat so‘rovi natija berdi!

“Samarqand” MFYdagi Mirza Bedil, Gulobod, Forishlik va O‘yingoh ko‘chalarida oqova suv tarmoqlarini qurish hamda beton ariqlar barpo etish yuzasidan O‘zbekiston Ekologiya partiyasidan saylangan Xalq deputatlari Zafarobod tumani Kengashining 2-"Samarqand" saylov okrugi deputati O'. Noraliev tomonidan yuborilgan so‘rovga rasmiy javob olindi.
Javobga ko‘ra, mazkur ishlar Prezidentning 2024-yil 11-oktabrdagi 298-son qarori asosidagi manzilli dasturga kiritilgan bo‘lib, 2026-yilda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala ijrosi nazoratda.