Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Sharof Rashidov MFY hududida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Sharof Rashidov MFY hududida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari tomonidan Sharof Rashidov MFY hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla fuqarolari holidan xabar olinib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga zarur topshiriqlar berildi.

Hududlarni obod qilish, aholi turmush farovonligini yanada oshirish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganib, amaliy yechim topishga qaratilgan bunday o‘rganishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 5