Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Aholi uchun muhim yo‘l qayta ochildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "4-Matqulobod" saylov okrugi deputati G.Usmonova tomonidan "Matqulobod" mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida mahalladagi Zamon ko‘chasini qo‘shni ko‘cha bilan bog‘lovchi yo‘l qismi ilgari ayrim fuqarolar tomonidan egallab olinib, umumiy foydalanishdagi hududdan noqonuniy ravishda foydalanilgani sababli aholining erkin harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelgani aniqlangan edi.

Mazkur masala yuzasidan mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan zarur choralar ko‘rilib, Bag‘dod tumani hokimligi ko‘magida yo‘lning umumiy foydalanishdagi hududi qayta tiklandi hamda fuqarolar uchun erkin harakatlanish imkoniyati yaratildi.

Deputat G.Usmonova mazkur hududda amalga oshirilgan ishlar natijalari bilan joyida tanishib, yo‘lning qayta foydalanishga topshirilishi mahalla aholisining kundalik harakatlanishiga qulaylik yaratishi, ichki yo‘l infratuzilmasini yaxshilashi hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Slide 1 of 2