Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAʼMURIY JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDAGI KODEKSI

23-modda. Maʼmuriy jazoning turlari

Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun kuyidagi maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
1️ maʼmuriy ogohlantirish;
2️ jarima;
3️ maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish;
4️ maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa boʻlgan ashyoni musodara qilish;
5️ muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositasini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum etish;
6️ haq toʻlanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish;
7️ maʼmuriy qamoqqa olish;
8️ chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish.