Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 "Istiqbol" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan "Istiqbol" mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

📋 O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, hududda obodonlashtirish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari bilan muloqot qilinib, faoliyat davomida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi hamda tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Yakunda mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, hamkorlikni mustahkamlash va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida hamda sifatli amalga oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3