Жаңалықлар

Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi

                   Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi raisi Sh.Xayitaxunov hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni
rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi E.Qurbonov “Jalaquduq” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘ldilar.
Mazkur mahalla ahli birdamligi va faolligi natijasida ichki yo‘llarni ta’mirlash loyihasi “Tashabbusli
budje” jarayonlarining 1-mavsumida g‘olib deb topilgan edi.
Ayni paytda hududda asfaltlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Mas’ullar qurilish-ta’mirlash jarayonlarini joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirdilar. Jarayon davomida yo‘l
qoplamasi sifati, belgilangan standartlarga amal qilinishi hamda ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan pudratchilarga tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 4