Жаңалықлар

Kotib

Mamlakatimizda mahalla xalq bilan davlat o‘rtasidagi “ko‘prik” vazifasini amalga oshiruvchi mustaqil va xalqchil tuzilma.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF-116-sonli Farmoni ijrosini o‘rganish maqsadida Mirzo Ulug‘bek tumani “Elobod” mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish mobaynida, “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”da mahalla institutining jamiyatdagi rolini yanada oshirish hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarni ishsizlik, kambag‘allik, jinoyatchilik va oilaviy ajrimdan xoli hududga aylantirish, mahalla faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini oshirish, mahalla bilan davlat organlari va jamoat tashkilotlarining uzviy hamkorligini ta’minlash, mahallalarda aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etishning mahalla-tuman (shahar) — viloyat — respublika tizimini takomillashtirish orqali “mahalla yettiligi”ning mas’uliyatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, mahallada obodonlashtirish ishlari, infratuzilmani yanada yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga qaratilgan samarali ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.

O‘rganishlar natijalarining ma’lumoti deputat Shoxzoda Kurbanovaga kiritilishi hamda hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar natijadorligi nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Ushbu o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ishtirok etdi.

Slide 1 of 3