#Kengash_sessiyalariga_oid
Payariq tumani budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish toʻgʻrisida Kengash qarori tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 19-iyundagi VII-28-79-7-100-K/26-sonli qaroriga 1-ilovaning 4-bandiga muvofiq, tumandagi Xo‘ja Ismoil mahallasi hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida gazon (maysa) xarid qilish uchun 78 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Mazkur mablag‘ hisobidan mahalla hududida yashil maydonlarni kengaytirish, hududning ekologik holatini yaxshilash hamda obodonlashtirish ishlarini yanada sifatli tashkil etish ko‘zda tutilgan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|