#162_Qonun
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning amalga oshirayotgan ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-641, 2020-yil 15-oktabr) ijrosi doirasida nogironligi bo‘lgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda mavjud ehtiyojlarni aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|