🏅 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Xudayberganova Bogʻot tumanidagi aholi murojaatlari asosida masʼul rahbarlarga rasmiy DEPUTAT SOʻROVILARI yubordi.
Hal etilishi talab qilingan dolzarb masalalar:
⚡️ "Qipchoq" MFY ("Oltinobod" koʻchasi): 3 fazali yuqori kuchlanishli elektr simlari simyogʻochlarga mahkamlanmagan, aholi hayotiga xavf tugʻdirmoqda. (S.Bereginga soʻrov yuborildi)
🛣 "Bogʻiston" MFY ("Bepayon" koʻchasi): Yoʻl yillar davomida taʼmirtalab boʻlib, loy va chang aholiga qiyinchilik tugʻdirmoqda. Yoʻlning 150 metr qismiga qum-shagʻal (SHPS) yotqizish talab etildi. (B.Radjapovga 2 ta soʻrov yuborildi)
📌 Ijro deputat nazoratida.