Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Malikjon Jalolov "Sadoqat" mahallasida bo‘lib, mahalla raisi boshchiligidagi mahalla yettiligi tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Shuningdek, PF–116-son Farmon mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish berilib, mahalla raisi endilikda nafaqat muvofiqlashtiruvchi, balki hududdagi natijalar uchun ham mas'ul ekani, ta'lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishlaridagi mas'uliyati kuchaytirilgani ta'kidlandi.

Slide 1 of 2