Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

📍”Energosavdo” filiali faoliyati yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi — kotibiyat mudiri X. Sultonov, Kengash bosh mutaxassisi P. Rahmonov hamda tuman Kengashi deputati S. Allayorov tomonidan “Energosavdo” filiali Xorazm bo‘linmasi Tuproqqal’a tuman bo‘limiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif davomida bo‘lim boshlig‘i Alisher Yoqubov tomonidan elektr energiyasi ta’minoti sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda bo‘limning joriy faoliyati yuzasidan atroflicha ma’lumot taqdim etildi.

Shuningdek, sohadagi mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Slide 1 of 1