Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi raisi Z.Ro‘ziyev hamda Kotibiyat xodimlari F.Hojiyev, D.Murodov va H.Pardayevlar
shaharda bunyod etilayotgan yangi ma’muriy bino qurilish ishlari holati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida obyektda olib borilayotgan qurilish ishlari, tashqi va ichki pardozlash jarayonlari, shuningdek, qurilishning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi holati ko‘zdan kechirildi.
Jumladan:
qurilish ishlarining borishi;
tashqi va ichki pardozlash ishlari sifati;
qurilish materiallarining sifati;
obodonlashtirish ishlari holati;
obyektning zamonaviy talablarga mosligio‘rganildi.
Ta’kidlanganidek, yangi ma’muriy binoning foydalanishga topshirilishi shahar boshqaruvi samaradorligini oshirish, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda G‘ozg‘on shahrining zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Mazkur o‘rganish davomida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli
tavsiyalar berildi.