Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining doimiy va muvaqqat komissiyalari yig‘ilishi o‘tkazildi
янв.21
#OKRUGDA_O‘RGANISH #24_TA_MASALA #KENGASH_RAISI #KOTIBIYAT_MUDIRI #KOTIBIYAT_XODIMI
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALA JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
#24_TA_MASALA #KENGASH_RAISI #KOTIBIYAT_MUDIRI #HOKIM_O‘RINBOSARI #KOTIBIYAT_XODIMI
янв.21
#OAV_biz_haqimizda TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI
янв.21
#162_ta_qonun
янв.21
Surxondaryo viloyati hududiy saylov komissiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun.
янв.21
#162_ta_qonun MUROJAAT VA IJRO
янв.21
#24_ta_masala DEPUTATLIK NAZORATI AMALGA OSHIRILDI
MAHALLADA QONUN HUJJATLARI IJROSI O‘RGANILDI

 MAHALLADA QONUN HUJJATLARI IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha”
doimiy komissiyasi raisi B.Abduraximov hamda komissiya a’zosi, deputat
B.Sharipov tomonidan M.Xasanov mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari
olib borildi.


O‘rganish jarayonida “mahalla yettiligi” tomonidan O‘zbekiston Respublikasining
“Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” O‘RQ-350-son
Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi
PF-209-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2024-yil 18-maydagi 292-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash
borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Xususan, mahallada aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni
qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, muammoli oilalar bilan manzilli
ishlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar
hamda “mahalla yettiligi” a’zolarining o‘zaro hamkorligi holati o‘rganildi.


Shuningdek, hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan
yuritilayotgan hujjatlar, elektron platformalarga kiritilayotgan ma’lumotlar va
aholi murojaatlari bilan ishlash amaliyoti ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomini mustahkamlash
bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


Aniqlangan kamchiliklar hududdan saylangan deputat B.Sharipov tomonidan
“Deputatning ko‘cha aylanish daftari”ga qayd etilib, bartaraf etish masalalari
nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 8