Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

“Urikzor” mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi.
“Urikzor” mahallasida boshqaruv kompaniyalari faoliyati va ko‘p qavatli uylarning holati o‘rganildi.

🗓 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi 4-Abdulxamid Majidiy saylov okrugi deputati N.Xakimov, 19-Raxima Islomova saylov okrugi deputati D.Muxammadiyev hamda Kattaqo‘rg‘on shahar Mahallalar uyushmasi rahbari A.Raxmanov ishtirokida “Urikzor” mahallasidagi 65-sonli uy va unga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyasi faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🏢 O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish sifati, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda kommunal xizmatlar samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

🔍 Xususan, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi hududlarning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari hamda tashqi va ichki yoritish tizimlarining holati ko‘zdan kechirildi.

💬 Ochiq muloqot jarayonida uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni ozoda va xavfsiz saqlash, aholining murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

✅ Ta’kidlanganidek, ko‘p qavatli uy-joy fondini sifatli boshqarish, hududlarda tozalik va obodonlashtirishni ta’minlash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish deputatlik nazoratining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasidagi ishlar yuzasidan nazorat tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
Slide 1 of 10