Muloqot davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish, infratuzilmani yaxshilash, obodonlashtirish va fuqarolar murojaatlarini samarali hal etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi va deputatlarning hududlarda olib borayotgan ishlari, saylovchilar bilan muloqot qilish tizimi hamda aholi manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyat yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuvda mahalla faollari tomonidan hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi. Ko‘tarilgan masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.
Fuqarolar bilan doimiy muloqot — hududlarni rivojlantirish va xalq manfaatlarini ta’minlashning eng muhim omillaridan biridir.