Uchrashuv yakunlangach, deputat T.Berdiyev mahalla nuroniylari bilan hududda yuzaga kelayotgan va yechimini kutayotgan muammolar xususida yakka tartibda dildan suhbatlashdi.
💬 O‘zaro muloqot davomida nuroniylar tomonidan yo‘llar holati, kommunal tarmoqlar va mahalla obodonchiligi bilan bog‘liq bir qator dolzarb masalalar ko‘tarildi.
💬 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammo deputat T.Berdiyevning “murojaat daftari”ga qayd etilib, qat'iy nazoratga olindi. Mazkur masalalarga qonuniy yechim topish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi belgilandi.
💬 "Nuroniylarimizning har bir fikri, ko‘rsatayotgan yo‘l-yo‘riqlari va bildirayotgan murojaatlari biz uchun qonundir. Ularning dardu tashvishini tinglash va muammolariga amaliy yechim topish orqali duolarini olish bizning eng katta vazifamizdir," — dedi deputat T.Berdiyev.