Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

ISH REJA – AMALIY NATIJA

Ish rejaga muvofiq, Andijon shahar “Islomobod” MFYdagi 55-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlarini o‘rganish belgilangan edi.

Belgilangan rejaga muvofiq, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri B.Mo‘ydinov, deputatlar A.Appaqov, X.Xolmatov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Olimjonovlar ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishda, ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotida 2026 yil 28 aprel kuni qurilishga ruxsat berilganligi, buyurtmachi etib “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat muassasasi belgilanganligi, “Integral birlashgan loyiha” tashkiloti tomonidan loyiha ishlab chiqilib, ushbu loyiha asosida “Bunyodgrandservis” MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Rekonstruksiya qilish ishlarini belgilangan loyiha asosida amalga oshirish hamda belgilangan muddatda foydalanishga topshirish yuzasidan zaruriy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3