Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi


Joriy yil 23-iyun kuni xalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:

🔹 Buxoro viloyati Buxoro shahridagi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 123-sonli maktab-internatini 3-son koʻp tarmoqli maktab-internat etib qayta tashkil etish toʻgʻrisida;

🔹 Qorovulbozor tumanidagi mahallalari chegaralariga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida;

Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha masʻullarning axborotlari eshitilib, muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.

➡️ Komissiya tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi.

Slide 1 of 6