Жаңалықлар

Соңғы жаңалықлар

Deputat so‘rovi yuborildi

Deputat so‘rovi yuborildi

👍“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi hamda 2026-yil ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Samarqand viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yoshlarni milliy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

⚡️Mazkur yo‘nalishdagi amaliy holat, mavjud tizim va normativ-huquqiy asoslarni tahlil qilish maqsadida deputat A.Norboyev tomonidan Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘iga 110-ds-383-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.

👍 Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga belgilangan muddatlarda javob taqdim etilishi lozimligi eslatib o‘tilgan. Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi hudud aholisi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1