Qabul O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan talablar asosida tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolarning oilaviy va ijtimoiy muammolari tinglanib, ularni qonuniy va manzilli hal etish masalalari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarda bayon etilgan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
Fuqarolarning shaxsiy hayoti va murojaatlariga oid ma’lumotlar maxfiyligi ta’minlangan holda, ko‘tarilgan masalalar deputatlik nazoratiga olindi.
✅ Aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim topish bo‘yicha deputatlik qabullari davom ettirilmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!