Жаңалықлар

Yo‘l infratuzilmasidagi kamchiliklarni bartaraf etish ishlari nazoratda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov tomonidan “Keneges” OFY 4-Keneges saylov okrugi hududidan o‘tuvchi 95V093 avtomobil yo‘lida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyida o‘rganildi.

📍 O‘rganish davomida yo‘l qoplamasining holati, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish sifati hamda bajarilayotgan ishlarning belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

🔍 Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratish hamda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6