Жаңалықлар

FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘LIMI BILAN DEPUTAT HAMKORLIGI YO'LGA QO'YILDI.

O‘rganish davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlash, qutqaruv xizmatlarining shaylik holati hamda moddiy-texnik ta’minot darajasi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bo‘lim tomonidan olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida sohada mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

O'rganishlar yakunida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi faoliyati samaradorligini yanada oshirish, aholi xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik ishlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2