Жаңалықлар

QONUN IJROSI JOYIGA CHIQIB OʻRGANILDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati D.Atayeva hamda Xorazm viloyati Kengashi deputati N. Gayipova tomonidan shahardagi “Shodlik” MFYda Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (№OʻRQ-393) ijrosi yuzasidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlash borasidagi ishlar joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

Oʻrganish davomida mahallaning tozalik va sanitariya holati:
Mahalla hududida jami 32 ta ichki koʻcha va 2 ta markaziy koʻcha mavjud.
Tozalikni saqlash maqsadida markaziy koʻchalardagi chiqindilar har kuni, ichki koʻchalardagi chiqindilar esa haftada 3 kun muntazam ravishda olib chiqib ketilmoqda.

Tibbiy-epidemiologik vaziyat:
Quvonarlisi, mahalla hududida yangi yuqumli kasalliklar bilan kasallanish holatlari aniqlanmadi.Salomatlik nazorati yuzasidan roʻyxatda turgan fuqarolar esa shifoxonaning oʻzidan kerakli dori-darmonlarini oʻz vaqtida olib, shifokorlar tavsiyasiga asosan isteʼmol qilib bormoqdalar.