Жаңалықлар

DEPUTAT NAZORATI: TIBBIYOT MASKANI O‘RGANILDI.

​✅ Xalq deputatlari Marhamat tumani Kengashi deputati I.Mirzaxonova o‘z saylov okrugi hududidagi aholi muammolari va ijtimoiy obyektlar faoliyatini o‘rganishda davom etmoqda.

​🏥 Deputat navbatdagi o‘rganish ishlarini "Barhayot" mahallasida joylashgan "Ibn Sino" oilaviy shifokor punktida olib bordi.

​🩺 Tashrif davomida shifokor punktida mahalliy aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati va tibbiy xizmat ko‘rsatish darajasi ko‘zdan kechirildi.

​💊 Shuningdek, muassasaning zarur dori-darmon vositalari bilan ta'minlanganlik holati va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha o‘rganildi.

​💬 Yakunda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 3