Жаңалықлар

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari I.Quchqarova va K.Xakimovalar tomonidan Ko‘rkam diyor mahallasida olib borilayotgan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalarni asfaltlashtirish ishlari, ularning sifati hamda belgilangan reja asosida amalga oshirilishi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, hudud aholisining qulay harakatlanishini ta’minlash, yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilash va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlar tomonidan olib borilayotgan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi, aholiga munosib shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5