Жаңалықлар

AHOLIGA SIFATLI TIBBIY XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI

 Mazkur poliklinika 16 349 nafar aholiga xizmat ko‘rsatib, kunlik qabul quvvati 100 nafar fuqaroga mo‘ljallangan. Muassasada jami 10 nafar shifokor va 42 nafar hamshira faoliyat yuritmoqda.

Hududda 2 988 ta xonadon va 4 124 ta oila mavjud bo‘lib, 4 368 nafar fuqaro dispanser nazoratida turadi. Shuningdek, 370 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs, 5 nafar yolg‘iz yashovchi fuqaro hamda 26 nafar to‘shakda yotuvchi bemor ro‘yxatga olingan.

O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, patronaj xizmatlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Yakunda tibbiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2