Жаңалықлар

YOSH AVLOD — YASHIL KELAJAK BUNYODKORI

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Voropayeva Natalya hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman partiya tashkiloti raisi Sh. Abduqodirova ishtirok etib, faol o‘quvchilarga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

Deputat Voropayeva Natalya o‘zining jamoatchilik faoliyatida yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirish, bolalarda tabiatga mehr, mas’uliyat va ekologik odatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.

Bunday tadbirlar o‘quvchilarning ekologik tafakkurini rivojlantirish, ularning tabiatga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda yashil kelajak uchun mas’uliyat hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3